avatar
Куч
2.00
Рейтинг
+9.62

Мақолалар

MENING BOBOM, BUVIM - MAHALLAMIZ FAXRI

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Buxoro viloyat Buxoro tuman 53-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab –internati 9-sinf o’quvchisi: Viloyat hokimi stipendiyasi sovrindori ,insholar ko’rik-tanlovi respublika bosqichi g’olibasi :Agaliyeva Sabrina Rustamovna
Mavzu:Mening bobom, buvim – mahhallamiz faxri
                                                     Reja:
1.Qadri baland qadrdonlarim…
2.Keksalarni e`zozlash – oily qadriyat!
3.Jasorati asrlarga tatigulik nuroniylar yurti- bu zamin…
Qadr!E`zoz! Har gal bu so`zlarni eshitganimda, yonoqlari qizarib, ko`zlarida allaqanday ma`yuslik ma`no surgan, doimo nimalarnidir o`ylab ,xayol og`uishida yurgan bobojonim ko`z oldimga keladilar.Menga ohista allalar aytib, qadoq qo`llari bilan sochlarimni silab, unsiz yig`lagan buvijonimni xayolan gavdalantiraman. Aslida, oila atalmish qo`rg`onning qurboni ular, hayot atalmish karvonning sarboni ular .Ha, darhaqiqat, “Danagidan mag`zi shirin “ ,-deya nevarasini ilk bor qadam qo`yishini Ollohdan tilab, duolar qilgan, yiqilsa peshanasidan o`pib opichlab olgan qaddi bukik qadri baland azizlarim- ular .Onaginam koyiganda “bo`talog`im “,deb bag`riga bosgan, otajonimdan dakki eshitganimda “qalb ardog`im” deb yupatgan oppoq sochli dili toza farishtalarim- ular … Ha, ular mening bobom, mening buvimlar… Ba`zida ularga sho`xlik qilardim ,bazida savolga tutardim. Ayting-chi ,buvijon ,nega sizning qo`llaringiz bunchalik dag`al? -oyijonimniki esa yumshoqqina ,nega sizning tishlaringiz yo`q ?- ,hatto yumshoq nonni suvga botirasiz? Buvijonim meni qattiq bag`riga bosardi –da, ma`noli nigoh tashlab ,ko`zlarimga tikilardi :”Endi sen mening yoshligim, tishlarimni senga berganman, qaragin, hatto sochlarimni rangini ham sen olgansan … Yillar o`tib ,bu javobsiz savollarga javob topdim, buvijonim, bobojonim yuzlaridagi ajinlar har bir hayot sinovi ekanligini anglab yetdim, bu qadoq qo`llar og`ir mehnatdan qavarib ketganini his qildim. Mana, hozirda Buxoro tumanidagi 53-ixtisoslashtirilgan davlat umuta`lim maktab internatining 9-sinfda tahsil olyapman, shu paytgacha she’rlar ,hikoyalar yozdim, insholar yozdim, “qadr” so`zini o`z ijodimda, ehtimol, yuz bora ishlatgandirman. Lekin bugun men bu so`zni ilohiy qudratini anglab yetdim. Zero, qadr-bobo-buvilarimizning nursiz xira ko`zlari ,oilasi uchun, vatani uchun, rizq ro`zisi uchun tinmay mehnat qilgani ,farzandlari uchun jon berib jon olib ,keksayganda hassagagina tayanib qolgani,peshana teri bilan bir burda nonini yeb ,ushog’ini ko’ziga surtgani ekan. Oila davrasida o’tirib prezidentimizning televizor orqali chiqishlarini ko’rganimizda qalbim entikib ketdi.Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishini eshitgan zahotiyoq buvijonimning ko’zlariga yosh qalqidi.”Yaratganga shukur,g’amxo’r yurtboshimizning boshi omon bo’lsin “,-deya ming bor shukronalar qildi buvim… Menimcha, bu ko’z yoshlar ham shukronalik, ham shodlik,ham bir baxt edi…– Men ham keksalari ana shunday qadrlanayotgan yurt farzandi ekanligimdan g‘ururlanib ketdim, –Qaysi mamlakatda keksalar shunchalar izzat-ikromda?! Topish qiyin. Bularning bari ko‘nglimni tog‘dek ko‘tarib yubordi, o‘zimni eng baxtiyor nevara deb hisobladim,chunki men kabi minglab, yz minglab yoshlarimizning bobo-buvilari ana shunday quvonchli kunlarga sazovor. “Oldingga qarab fikr qil ,ortingga qarab shukr qil”,-deydi dono xalqimiz.Ortimizga qarasak,mustabid tuzumning 74 yillik azoblarini ko’ramiz.O’sha yillar voqealariga o’z ko’zi bilan guvoh bo’lib ,dardini oshkor qilolmagan ,o’z uyida sig’may surgun qilingan, vatan uchun qurbon bo`lgan, qatag`onga uchrab benom ketgan insonlar dardini eshitib, mustaqqilligimizga erishish qanchalik qiyin bo`lganiga yana bir bora amin bo`laman.Behisob shukrlar bo`lsinki ,bugungi O`zbekistonimizda azizdir inson .Bu yurtda har bir inson e`zozda, bu yurtda har bir nuroniy qadrlanadi .Hech bir kishi mehr va e’tibordan chetda emas. Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-mayda qabul qilingan “2011-2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori shu maqsad yo‘lidagi xayrli ishlardandir. Mazkur qaror asosida yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari yanada takomillashtirildi. Shunga ko‘ra, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yanada kuchaytirilib, ijtimoiy xizmatlar turlari kengaytirildi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirish uchun davlat tomonidan har yili katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda.Bular xalqimizning turmush darajasi va sifati tobora ortib borayotganidan, yoshi ulug‘ odamlarimiz yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashayotganidan, ularning qalbi sofligidan dalolatdir. Mamlakatimizda pir-u badavlat otaxon va onaxonlarimizni qadrlash, ularga ajratilayotgan pensiyalar hajmini muttasil oshirib borish doimiy e’tiborda bo‘lib kelayotir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni urush va mehnat faxriylarini e’zozlash yo‘lidagi ezgu va savobli ishlarning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi. Prezidentimizning farmoni bilan har yili 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining rag‘batlantirilishi ular uchun nafaqat moddiy, balki katta ma’naviy-ruhiy madad bo‘layotir. Nuroniylarimizning bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka, bugungi tinch va osuda turmushimizga shukronasi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchlaridir. Ha, faxriylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, qadrlash va e’zozlash har birimizning insoniy, farzandlik burchimiz.Ular bosib o’tga yo’l-biz yoshlar uchun bir maktab,ular so’zlari-saboq,amallari-kitobdir… Men bu kunlarni qadrlashni buvijonim va bobojonimdan o’rgandim.Ularni butun mahallamiz hurmat qilishadi.Mahallamizdagi har bir oilani bobojonim yoddan biladilar,o’z maslahatlari bilan qanchadan qancha oilalarning buzilib ketishini oldini olganlariga o’zim guvoh bo’lganman,guzarimizdagi biror to’y yoxud ma’raka bobojonimsiz o’tmaydi,o’zimcha o’yga tolaman,nega butun mahallamiz bobomni bunchalik e’zozlaydi? Nega hamma u kishining suhbatlaridan bahramand bo’lishga intiladi? Menimcha ,sabab bitta,bu obro’-e’toborni u kishi yillar davomida misqollab yig’ganlar,xalqning ishonchini qozonmoq,xalqning dardi bilan yashamoq,elning nazariga tushmoq-bu har qanday buyuklikdan afzalroqdir ,ehtimol. Quvonchlar o`tkinchi davron Gohida yermiz, gohida osmon Kimdadir suyanchmiz ,kimgadir armon Elning nazarida tushmoqlik qiyin Elning nazaridan qolmoqlik oson To’g’ri,u kishi kitob yozmaganlar,hatto she’r ham mashq qilmaganlar,Qandaydir jasorat ko’rsatib, tillarda doston ham bo’lmaganlar,lekin u kishi haqiqiy o’zbek ismini oqlaganlar,halol mehnat qilganlar,mahalladoshlarini har bir ishida baholiqudrat ko’maklashganlar,hasharlar tashkil qilib obodlikka da’vat etganlar.Ular shunchaki o’zbekning tanti,sofdil,g’ururi osmon,dardi- vatan bo’lgan belida belbog’i boshida do’ppisi bor -mening bobomlar… Ular o’zbekning sadoqati daryo,bag’rikeng,bolasevar,oilasi uchun o’zni qurbon qila oladigan atlas ko’ylakli mening buvimlar… Ular vatanimni sevaman deb bong urmaydilar,go’zal ash’orlar ham bitmaydilar, Ular faqat yuraklarining tub-tubidan ona tuproqni sevadilar, shu tuproq bag’rida ungan giyohni ko’zlariga to’tiyo qiladilar,non pishirgan tandirlarini asraydilar.Ana shu vatanparvarlar-mening bobom,mening buvimlar…Ehtimol,shu tarzda Vatanni sevishni bizga o’rgatadilar… Ilgarilari bobojonim doim dasturxondagi ushoqlarni yeyayotganda ,axir non bor-ku,nega hadeb ushoq terib yeydilar deb xayolan o’ylardim.Jo’mrakdan oqayotgan suvni ko’chalarga sepishga qo’ymaganlarida ba’zan ulardan ranjirdim ham.Yo’q.yo’q,endi tushundim,hammasini tushundim, non,suv ,tuproq,-hayotimiz unsurlari,ularni isrof qilish o’zbekning ishi emas.O’zbek xalqi azaldan o’z g’ururi ,o’z or-nomusi, fidoyi insonlari bilan dunyo ahlini lol qoldirgan.O’sha olis o’tmishda erk,ozodlik uchun kurashgan,iymoni po’latdan-da mustahkam,ma’naviyati bekam, so’zi shamshirdan-da keskinroq,zehni olmosdan-da o’tkirroq bir parcha yeri uchun jonini fido qila oladigan –nuroniylar –ular mening bobom,mening buvimlar… “Qarisi bor uyning parisi bor”,-deydilar.Qarisi bor uyning fayzi bo’lakcha .Bizning xonadonimizda ham hamma daraxtlarimizni bobom ekkanlar,hatto ko’chamizdagi hamma mazza qilib yeydigan tutimizni ham…Har gal do’stlarim bilan mevasidan yeganimda g’ururlanaman,barchaga ko’z-ko’z qilgim keladi,Axir ularni mening bobom ekkanlar. Agar imkonim bo`lganda edi,barcha bobo-buvijonlarimiz bizga bergan yoshliklarini qaytarib bergan bo`lardim ,agar vaqtni orqaga qaytara olsam edi ,ularni hech qachon sho`xlik qilib ranjitmasdim, Ularga ko`p –ko`p kitob o`qib berar edim bu omonat dunyoda ularni qanchalik g`animatliklarini oldinroq anglaganimda edi, har bir o`gitlarini dasturulamal qilardim .Zero yurtimning barcha jasorati asrlarga tatigulik — nuroniylari-ular mening bobomlar, mening buvimlar: Sochingizda tushgan oppoq qirovlar Minglab nevaralarning g`urur, faxri Har bir o`gitingiz misoli gavhar Bu biz farzndlarning tengsiz baxti Bugun bizga hayot darsidan, Yaxshigina saboq berdingiz. Gar imkonim bo`lsa shu damda, Olsam edi xoki poyingiz. Yillar o`tib kun kelib men ham Go`yo sizdek buvijon bo`lsam. Fidoyi atalmish shu nomga yetsam, Siz kabi ziyo nurlarim sochsam! Buxoro viloyat Buxoro tuman 53-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab –internati 9-sinf o’quvchisi: Viloyat hokimi stipendiyasi sovrindori ,insholar ko’rik-tanlovi respublika bosqichi g’olibasi :Agaliyeva Sabrina Rustamovna